"JednoŚladami Andersa" velosiped estafetasi Toshkentga yetib keldi!
22.01.2023
"JednoŚladami Andersa" velosiped estafetasi Toshkentga yetib keldi!
“JednoŚladami Andersa” velosiped estafetasining III bosqichi ishtirokchilari Polsha Respublikasining Toshkentdagi elchixonasiga yetib kelishdi va u yerda elchi Radoslav Gruk bilan O‘zbekiston bo‘ylab sayohatdan olgan taassurotlarini aytib berishdi. Polshalik velosipedchilari elchi bilan, bp. Yeji Makulevich, harbiy attashe Tomash Kuchko va “Świetlica Polska” rahbari Oleg Skuridin boshchiligidagi O’zbekistondagi polshalik jamiyati vakillari general Vladislav armiyasi askarlari 1942-yilda umid yo’llari bilan kezib o’tganda, O‘zbek zaminida vafot etgan Polyaklar xotirasiga bag’ishlangan haykal poyiga gulchambar qo‘yib, sham yoqishdi.
Butun umid yo’l bo'ylab velosipedda harakatlanish g'oyasi Polsha Respublikasi Tashqi Ishlar Vaziri hamkorligida va Butunjahon Jamboree jamg'armasi tomonidan amalga oshirilgan sayohat va tarixiy loyihadir. Uning ishtirokchilari general Vladislav Anders armiyasi askarlari Polshaga qaytgan umid yo’li bo'ylab velosipedda harakatlanishmoqda.